10:24 / 07.07.2015
4089

Merkel Gretsiyaga yordam berishdan bosh tortdi

Germaniya kansleri Angela Merkelning fikricha, referendum o‘tkazgan Gretsiyaga yangi yordam paketi taqdim qilishga hech qanday asos yo‘q.

“Gretsiya fuqarolarining qarorlarini hisobga olgan holda ayni paytda yangi yordam dasturi haqida muzokaralarni boshlashga hech qanday asos mavjud emas”, deb aytdi Germaniya hukumati vakili Shteffen Zaybert.

Zaybertning fikricha, bunga greklarning o‘zlari aybdorlar, chunki ular kreditorlar taklif qilgan islohotlarni o‘tkazishdan bosh tortdilar va shu tariqa Yevropa yordamining asosiy tamoyiliga qarshi ekanliklarini bildirdilar, shuning uchun ular yordam olishga noloyiqlar.

Biroq greklar ko‘p yillardan beri inqirozdan chiqishga hech qanday ko‘mak bermayotgan Xalqaro valyuta jamg‘armasining barcha tavsiyalarini so‘zsiz bajarib kelganlarini Germaniya hukumati muhokama qilishni lozim topmayapti.

Top