13:25 / 07.07.2015
5598

Modi O‘zbekiston rahbariyati bilan uran yetkazishni muhokama qildi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov bilan O‘zbekiston uranining Hindistonga yetkazilishi masalasini muhokama qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmatining xabar qilishicha, tomonlar madaniyat va turizm sohasida hamkorlik qilish borasida hujjatlar imzoladi. Hujjatlar 6-7 iyul kunlari Narendra Modining Toshkentga tashrifi doirasida imzolandi.
“Biz O‘zbekiston bilan uranining yetkazilishi bo‘yicha ilgariroq imzolangan shartnomaning realizatsiyani muhokama qildik. Shuningdek, men prezidentga “Shimol-Janub” xalqaro transport koridori loyihasi haqida axborot berib, O‘zbekistonni unga qo‘shilish imkoniyatini ko‘rib chiqishga chaqirdim”, – dedi Modi jurnalistlar bilan muloqot chog‘ida.
Shuningdek, tomonlar O‘zbekiston iqtisodiyotiga Hindiston investitsiyalarining kiritilishini yanada jadallashtirish masalasini muhokama qildilar.

Top