17:49 / 07.07.2015
4164

Muhojirlarning bolalarini maktablarga qiyinchiliksiz qabul qilish talab qilinmoqda

Rossiya huquq himoyachilari fan va ta'lim vazirligining “Fuqarolarni ta'lim muassasalariga qabul qilish to‘g‘risida”gi qonuniga qarshi chiqmoqda. Unga ko‘ra, 2014 yildan Rossiya maktablariga boshqa viloyat va o‘lkalardan tashrif buyurganlarning, shuningdek, xorijlik muhojirlarning bolalarini qabul qilish to‘xtatildi.
“Izvestiya” gazetasining yozishicha, o‘tgan oyda “Grajdanskoye sodeystviye” jamoat tashkiloti raisi Svetlana Gannushkina tomonidan Rossiya Oliy sudiga taqdim etilgan da'vo arizasi 10 iyul kuni ko‘rib chiqiladi.
Gazetaga ma'lum bo‘lishicha, yil boshidan buyon Gannushkinaga suriyalik va o‘zbekistonlik 30 oila shu masalada murojaat qilgan. Huquq himoyachilarining fikricha, yangi qonunda aks etgan holat konstitutsiyaga, bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga va “Ta'lim to‘g‘risida”gi federal qonunga zid keladi. Ushbu huquqiy-me'yoriy aktlarda har qanday bola ta'lim olish huquqiga ega ekanligi qat'iy belgilab qo‘yilgan.

Top