17:44 / 07.07.2015
3080

Namanganda bozorda talonchilik qilgan shaxs qo‘lga olindi

Namangan shahar ichki ishlar bo‘limiga 19 yoshli yigit murojaat qilib, "Chorsu" dehqon bozori oldida noma'lum shaxs uni kuch ishlatish bilan qo‘rqitib, “Samsung” rusumli qo‘l telefonini ochiqdan-ochiq tortib olib voqea joyidan yashiringanligini ma'lum qilgan.

Shahar ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida ushbu talonchilikni mahalliy aholiga mansub 17 yoshli yigit sodir etgani to‘liq fosh etildi va ular qo‘lga olindi.

Mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Top