08:22 / 07.07.2015
2409

Olimlar amerikaliklarning emlashlarga ko‘proq ishonch bildirayotganlarini aniqlashdi

AQShlik olimlar o‘tgan bir yil ichida amerikaliklar emlashlarga ko‘proq ishona boshlaganlarini aniqladilar.

Olimlar 2014 yildan 2015 yilgacha davr ichida ota-onalarning o‘z farzandlarini emlashga munosabatlari ancha yaxshilanganini ma'lum qilishmoqda. Bunga oxirgi 12 oy ichida mamlakatda bir necha o‘nlab qizamiq va ko‘kyo‘tal bilan kasallanish holatlari qayd etilgani sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Shu holat tufayli ota-onalar emlashlarga ko‘proq ishonch bilan munosabatda bo‘la boshladilar va maktablarda emlashlar o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlashmoqda.

Tadqiqot mualliflarining ta'kidlashicha, bolalarning emlanishi haqidagi ota-onalarning fikrlariga kasalliklarning avj olishi va emlashning muhimligi haqida ma'lumot beruvchi OAVlar katta ta'sir ko‘rsatadi.

Top