18:58 / 07.07.2015
3214

Rossiya prezidenti maslahatchisi: Kamboja, Suriya va Ozarboyjon Shanxay hamkorlik tashkilotiga qiziqish bildirmoqda

Kamboja, Suriya va Ozarboyjon Shanxay hamkorlik tashkilotiga kirishga qiziqish bildirmoqda, biroq bu tashkilotga kirish uchun amal qilish kerak bo‘lgan aniq mezonlar mavjud. Bu haqda Rossiya prezidenti maslahatchisi, Rossiyani BRIKS va ShHTda raislik qilishga tayyorlash va bu jarayonni ta'minlash bo‘yicha tashkiliy qo‘mita ma'sul kotibi Anton Kobyakov aytib o‘tdi.

“Kamboja, Suriya, Bangladesh, Ozarboyjon, Misr, Shri-Lanka Shanxay hamkorlik tashkilotiga kirishga qizish bildirmoqda. Biroq tashkilotga kirishda ma'lum tartib bor, bu “istadim-kirdim” degani emas. Tashkilotga qabul qilish qoidalari aniq yozilgan 28 ta hujjat mavjud. ShHTga kirishdan avval bu qoidalarga amal qilish kerak”, deb aytmoqda Kobyakov.

Top