14:55 / 07.07.2015
4136

Sverdlovsk koloniyasida 340 mahbus ochlik saqlashda davom etmoqda

Rossiyaning Sverdlovsk viloyatidagi Nevyansk shahrida joylashgan 46-sonli ahloq tuzatish koloniyasining 60 nafar mahbusi ovqatlanishga chiqdi. Bu haqda TASS agentligi xabar bermoqda.

Ikki kun muqaddam koloniyadagi 400 nafar mahbus ochlik e'lon qilgan edi. Bugun ulardan 60 nafari nonushtaga chiqdi, 340 nafari esa ochlik saqlashda davom etmoqda.
Shu bilan birga, koloniya rasmiylarining ma'lum qilishicha, mahbuslar och o‘tirgani yo‘q:
“Har bir otryadning oziq-ovqat ombori bor, u yerdagi pishiriqlar, konservalangan mahsulotlar mahbuslarga qarindoshlari tomonidan olib kelib berilgan. Har bir kishiga 50 kg dan yemish to‘g‘ri keladi. Hisob-kitoblarimizga qaraganda, ikki kun ichida ular 1 tonna zaxiralarini yeb ulgurgan”.

Mahbuslardan biri, Qirg‘iziston fuqarosining 4 iyul kuni tuman shifoxonasidagi vafoti tufayli qolgan mahbuslar ovqatlanishdan bosh torta boshladilar. Huquq himoyachilarining ma'lumotlariga qaraganda, qirg‘izistonlik mahbusning tanasida ko‘plab zarba izlari va tan jarohatlari bo‘lgan. Mahbuslar ushbu ish yuzasidan surishtiruv va tergov ishlarini olib borishni talab qilib ochlik saqlamoqdalar.

Top