15:35 / 07.07.2015
2898

Tomas Myuller "Bavariya" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola bilan urushib qoldi

Germaniyaning «Bavariya» klubi futbolchisi Tomas Myuller jamoa mashg‘ulotlari jarayonida bosh murabbiy Xosep Gvardiola bilan urushib qoldi. Bu haqda TZ nashri xabar tarqatdi.

Manbaning yozishicha, futbolchi mashg‘ulotlar paytida ishlanayotgan taktika bo‘yicha norozilik bildirgan.

Biroq keyinroq, Myuller Gvardioladan kelib uzr so‘ragan. «Okey, janob murabbiy men xatoga yo‘l qo‘ydim», deya gapirib o‘tgan Myuller.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq, «Bavariya» Myuller va Robbenni «Manchester Yunayted» yarimhimoyachisi Anxel Di Mariyaga almashmoqchi ekani haqida xabarlar tarqalgandi.

Top