21:35 / 07.07.2015
7189

WBO Floyd Meyvezerni chempionlik kamaridan mahrum qildi

Rasman WBO Meyvezerni kamaridan mahrum qildi. Floyd yaqinda Pakyaoni mag‘lubiyatga uchratib, WBO chempioniga aylangandi. Meyvezer yarim o‘rta va birinchi o‘rta vazn kamarlariga ham egalik qiladi. Bir vaqtning o‘zida ikkita yo‘nalish kamariga ega bo‘lish esa mumkin emas.
Shu sababli Meyvezerga 3 iyulgacha qaysi kamarlarni saqlab qolishni o‘ylashiga muddat berilgandi. Meyvezer esa qarorini e'lon qilmadi. Shu bilan birga Floyd Pakyaoga qarshi jang uchun 200 ming dollarni haligacha tashkilotga to‘lab bermagan. Dushanba kunidan boshlab kamar Timoti Bredli to‘laqonli chempionga aylandi.

Top