19:09 / 07.07.2015
4989

WhatsApp messenjer orqali onlayn-translyatsiya texnologiyasini sinovdan o‘tkazmoqda

WhatsApp messenjeri Viber’da amalga oshirilgan ommaviy chat funksiyani sinovdan o‘tkazdi. Bu texnologiya The New York Times’ning Rim Papasining Janubiy Amerikaga tashrifi haqidagi maqolalarni chiqarishda ishlatildi.

Bu ommaviy chatga istalgan odam 347-346-3429 raqamini o‘z kontaktlari ro‘yxatiga qo‘shishi hamda unga “POPE” so‘zini yuborgan holda qo‘shilishi mumkin.  

Onlayn-translyatsiya tajribasi 5 iyul kuni boshlandi. Hozircha The New York Times natijalarni hisoblashga erta deb obunachilar sonini sir tutmoqda.

Top