12:03 / 07.07.2015
2212

Xitoy kompaniyasi Fransiyaning "Sosho" klubini sotib oldi

7 iyul kuni Xitoyning Ledus kompaniyasi Fransiyaning Peugeot avtokonsernidan "Sosho" klubini rasman sotib oldi.

AFP xabariga ko‘ra, kelishuv 7,9 million dollarga amalga oshgan.

"Sosho" keyingi mavsumda Fransiya chempionatining quyi divizionida ishtirok etadi.

Jamoa 1928 yilda tashkil topgan bo‘lib, shu vaqtgacha oliy divizionda 66 mavsum o‘tkazgan va bu borada Fransiyada rekordchi hisoblanadi.

"Sosho" o‘z vaqtida ikki marta mamlakat chempionligiga erishgan hamda 2 marta Fransiya Kubogini qo‘lga kiritgan.

Top