16:51 / 07.07.2015
8652

Xonanda Beyonsening qo‘shig‘idan ilhomlangan avstraliyalik arxitektorlar osmono‘par bino qurishadi

Xonanda Beyonsening Ghost qo‘shig‘i uchun ishlangan videoklipdan ilhomlangan arxitektorlar Avstraliyaning Melburn shahrida 78 qavatli osmono‘par bino qurishadi. Bu haqda The Guardian nashri xabar tarqatdi.

«Premer-tauer» tipidagi osmono‘par binoda turar-joy binolari, do‘konlar va mehmonxona o‘rin egallaydi. Loyiha Beyonsening o‘sha klipidagi binoga o‘xshash qilib ishlanadi.

Mazkur loyihani singapurlik milliarder Ko Vi Meng boshqaradigan Fragrance guruhi moliyalashtiradi.

Top