18:46 / 08.07.2015
6751

“O‘zbekenergo” hisoblari pul yechib olish uchun ochildi

Markaziy bank, moliya vazirligi va davlat soliq qo‘mitasining 2015 yil 29 iyundagi 2342-3 raqamli qo‘shma qaroriga ko‘ra xo‘jalik yurituvchi sub'yektlar bank hisoblaridan pul mablag‘larini chiqarish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmaga o‘zgartish kiritildi.
Xususan, qonunchilikka muvofiq pul mablag‘larini chiqarib olish ko‘zda tutilmagan bank hisoblari ro‘yxatidan “O‘zbekenergo” DAK tarkibidagi tashkilotlarning ikkilamchi hisob raqamlari chiqarib tashlandi.
Bu qaror 2015 yil 6 iyuldagi 26-sonli O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi to‘plamida nashr qilingandan so‘ng kuchga kiradi.

Top