09:24 / 08.07.2015
2210

“Pobeda” aviakompaniyasi bortda saqich chaynashni man qildi

Rossiyaning “Pobeda” aviakompaniyasi o‘z reyslari chog‘ida saqich chaynashni taqiqladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Kompaniya matbuot kotibi Yelena Selivanovaning so‘zlariga qaraganda, saqichga taqiq shu yilning iyun oyida joriy qilingan.

Ilgariroq kompaniya direktori Andrey Kalmikov o‘rindiqlar va stollarga saqich yopishtirib ketilishi natijasida kelayotgan zarardan noligan edi. Uning so‘zlariga qaraganda, bitta saqichni deb ba'zan qayta ta'mirlash ishlariga 100 ming rublgacha pul safrlangan.

Top