14:50 / 08.07.2015
6314

AQShda ikki xil rangga ega qisqichbaqa ushlandi

AQShning Men shtatida ikki rangdagi dengiz qisqichbaqasi ushlab olindi. To‘q sariq va jigarrang tusga ega jonivor Skarborodagi Pine Point Fishermen kooperativining konteynerida topildi.
Olim Adam Baukus hamda Men ko‘rfazi tadqiqotchilari qisqichbaqaning rangi bir nechta genetik mutatsiya natijasi ekanligini ta'kidlamoqda.
Odatda bunday qisqichbaqalar germafrodit bo‘ladi, lekin bunisi urg‘ochi bo‘lib chiqdi. Bu haqda Pine Point Fishermen xodimi Mayk Shasse ma'lumot berdi.

Top