17:58 / 08.07.2015
4674

Ashraf G‘ani 22 maslahatchini ishdan bo‘shatdi

Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani Ahmadzay 22 nafar maslahatchini ishdan bo‘shatdi. Bu haqda Afghanistan.ru sayti xabar bermoqda.
Ular ilgarigi prezident Hamid Karzay davrida tayinlangan edi.
Ishdan bo‘shatilganlarning to‘liq ro‘yxati keltirildi. Ular ichida general Abdurrahim Vardak, Vohid Ahmad Tohiriy, Muhammad Yosin Usmoniy, Abdulg‘ani Kozimiy, Muhammad Ashraf Rasuliy singarilar bor.

Top