11:00 / 08.07.2015
2622

LG yengilroq va yupqaroq LCD-displeylar ishlab chiqarishini ma'lum qildi

LG kompaniyasi displeyning vaznini ancha kamaytirishga imkon beradigan yangi texnologiya bo‘yicha LCD-displeylar yaratishini ma'lum qildi. Bu haqda kompaniya matbuot bayonotida aytib o‘tildi.

Ushbu texnologiya Advanced In-Cell Touch (AIT) nomini oldi. Bu texnologiya displeyni an'anaviy sensorli displeylar kabi noutbukning yuzasida emas, balki o‘zining ichida joylashtirishni ko‘zda tutadi. Bu displeyning og‘irligini 35 foizga kamaytirishga va qalinligini 25 foizga yupqaroq qilishga imkon beradi. Shuningdek, tasvir sifati yaxshilanadi. Bundan tashqari, displey yot omillarga, masalan, suv tomchisiga ta'sirchan bo‘lmaydi.

LG ushbu yangi displeyga ega bo‘lgan noutbuklarni joriy yilning ikinchi yarmida chiqarishga va'da bermoqda.

Top