12:50 / 08.07.2015
4928

Ota-onalar bolalar oromgohlaridagi qoniqarsiz sharoitlardan norozi bo‘lishmoqda

Ijtimoiy tarmoqdagi "Jamoatchilik nazorati" («Obshchestvennyy kontrol») guruhida foydalanuvchilar West Camp va Happy Summer nomli yozgi oromgohlardagi qoniqarsiz sharoitlardan shikoyat qildi.

Guruhda post qoldirgan onalardan biri, farzandining yozgi ta'tilni ko‘ngilli o‘tkazishini ta'minlash maqsadida 12 kun uchun 900 ming so‘m to‘lganini, lekin Happy Summer nomli bu oromgoh ishonchini oqlamaganini yozadi.

"Oromgohda ta'mirlash ishlari tugallanmagan, qurilish xom ashyolari sochilib yotibdi. Yuvinish xonasida esa qo‘rqinchli manzara guvohi bo‘lish mumkin. Men bunday miqdordagi pul uchun bolalar ancha yaxshi sharoitlarda vaqt o‘tkazishi kerak, deb hisoblayman", deb yozadi shikoyatchi.

Bu post ostida boshqa foydalanuvchilar tomonidan ham fikrlar bildirilgan va o‘zlari ham shunday holatlarga guvoh bo‘lishganini qayd etib o‘tishgan.

Ma'lum qilinishicha, shundan ko‘p o‘tmasdan Happy Summer oromgohi vakillari «Obshchestvennyy kontrol» guruhiga bu tuhmatona postni chop qilganligi uchun sudga berish bilan tahdid qilgan.

Ayni vaqtda uz24.uz nashri tahririyati bu masala bo‘yicha izoh so‘rab, Happy Summer mamuriyatiga rasmiy xat yo‘llagan.

Top