15:47 / 08.07.2015
4279

Qurilish tashkilotining biryo‘la ikki rahbari sudlandi

Toshkentni vodiy bilan bog‘lab turgan Toshkent-O‘sh avtomobil yo‘lining qurilish ishlariga ajratilgan pullarning bir qismini o‘zlashtirgan rahbarlar hibsga olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi axborot berdi.
Aytilishicha, Ilyos Hamroqulov, Shavkat Latipov va Ilyos Yoqubovlar “Olmazor” tajriba mexanika ta'mirlash yordamchi ishlab chiqarish davlat korxonasida ishlab kelgan.
2009 yil 1 avgustdan 2011 yil 1 iyulgacha korxona rahbari sifatida ishlab kelgan Jalilov sement-beton qoplama ishlarini bajarish uchun respublika yo‘l jamg‘armasi bilan shartnoma imzolagan. Unga ko‘ra, korxona ishchilari jami 12.753 mlrd so‘mlim ishlarni pudrat shartnomasi asosida bajarishlari, ta'mirlanishi belgilangan yo‘llarga 24 sm qalinlikda betonli qoplama yotqizishlari kerak edi. Ammo rahbarning ko‘rsatmasiga binoan ishchilar qoplamani belgilanganidan 4 sm yupqaroq qilib yotqizishgan. Hujjatlarga soxta ma'lumotlar kiritilgan.
Ish hamjlari laboratoriya sharoitida o‘rganilganida yo‘llarning mustahkamligi 69 foizni tashkil etdi. Korxona rahbari 991.533 mln so‘mlik ish hajmi sifatsiz bajarilishiga sababchi bo‘lgani aniqlandi.
2013 yilning 19 aprelidan 2014 yilning 17 yanvarigacha korxonaga rahbarlik qilgan Latipov hisobchi Yoqubov bilan Yangiyo‘l tuman DSIga 2013 yil yakuni bo‘yicha taqdim etgan hisobotlarda qalbakillika yo‘l qo‘ygani, 17.879 mln so‘m soliqni to‘lamagani aniqlandi.
Bu uch shaxs sudlanib, tegishli jazoga hukm qilindi. Ular tomonidan davlatga keltirilgan 63.424 mln so‘m zarar to‘la qoplandi.

Top