19:30 / 08.07.2015
2681

«Rubin» Bobur Davlatovni Qozog‘istonning «Jyetisu» klubiga ijaraga berdi

O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoalari safida Jahon chempionatida ishtirok etgan Bobur Davlatovni “Rubin” Qozog‘istonning “Jyetisu” klubiga ijaraga berdi. Bu haqida “Rubin” klubi rasmiy sayti ma'lum qildi.

Ta'kidlash kerakki, 19 yoshli Bobur Rubin yoshlari tarkibida 2014/15 yilgi mavsum davomida 22 o‘yinda maydonga tushib, 9 gol kiritgan va jamoasining eng yaxshi hujumchisi bo‘lgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Meksikada bo‘lib o‘tgan o‘smirlar o‘ratasidagi Jahon chempionati ishtirokchisi o‘z faoliyatini Muborakning “Mash'al” klubida boshlagan. Ikki yil avval esa Qozonning “Rubin” klubiga o‘tgandi. U hali 18ga to‘lmagani va legioner futbolchi bo‘lgani uchun, reglamentga ko‘ra dastlabki yili o‘yinlarda ishtirok eta olmagan edi. Bu mavsumdan boshlab esa o‘yinlarda mumtazam ishtrok eta boshlab, jamoaning hujum chizig‘idagi asosiy futbolchilaridan biriga aylangan edi.

Endi yarim yil davomida Bobur Davlatov Qozog‘istonning “Jyetisu” klubi sharafini himoya qiladi.

Top