11:05 / 08.07.2015
5728

Saudiyalik qizaloq boshqa guruhdagi qon quyilishi natijasida vafot etdi

6 iyul kuni Saudiya Arabistonidagi qirol Abdulla shifoxonasida noto‘g‘ri qon quyilishi oqibatida kichkina qizaloq vafot etdi.
Qizning ota-onasi shifoxona xodimlari ustidan sog‘liqni saqlash vazirligiga arz qildi hamda ularni farzandining o‘limida aybladi.
Vazirlikning rasmiy vakili Hamdon al-G‘omidiy voqeani o‘rganish bo‘yicha maxsus komissiya tashkil qilinganini aytdi.
Ma'lum bo‘lishicha, qiz kamqonlikdan azob chekib kelgan.

Top