16:22 / 08.07.2015
3973

ShHT aksilterror strukturasi internetda terrorchilikka qarshi kurashmoqda

Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarning tegishli organlari o‘z vaqtida razvedka ma'lumotlari bilan almashib, terrorchi guruhlarga qarshi birgalikda kurashish uchun ishchi guruhlar tashkil qilib bormoqda. Bu haqda ShHT mintaqaviy aksilterror strukturasi ijroiya qo‘mitasi direktori Chjan Sinfen bayonot berdi.
“Xususan, terrorchilikka qarshi internetda kurashish uchun struktura alohida hamkorlik mexanizmini yaratdi: ekspertlarning qo‘shma ishchi guruhlari tashkil qilindi, internet nazorati kuchaytirildi, internetda terrorchilar tomonidan joylashtirilayotgan suratlar, audio va videotasvirlar nazorati amalga oshirilmoqda”, – uning so‘zlarini keltiradi Sinxua agentligi.
Ayni paytda struktura tarkibiga Rossiya, Qozog‘iston, Xitoy, Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston kiradi.

Top