10:44 / 08.07.2015
8732

Toshkentda 430 ming dollarni naqdlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Toshkentning Yakkasaroy tumanida 430 ming dollarni naqdlashtirgan jinoiy guruh qo‘lga olindi.

“Huquq” gazetasining yozishicha, to‘rt kishidan iborat guruh NBU filialida 215 kishi nomiga Visa elektron kartalarini ochtirgan. Shundan so‘ng kartalardagi valyuta chet elga olib chiqilib, naqdlashtirilgan va poytaxtdagi valyuta bozorida sotib yuborilgan. Kartalarni ochishda yordam bergan bank xodimlariga 100 ming so‘mdan pora berilgan.

Jinoyatchilarning ismlari hamda ularga nisbatan qo‘llangan jazo haqida ma'lumot berilmadi.

Top