10:56 / 09.07.2015
1794

Apple patentlarni buzgani uchun belgilangan 0.5 mlrd dollarlik jarimani to‘lashdan bosh tortmoqda

Apple kompaniyasi uning patentlarni buzgani bois Smartflash LLC kompaniyasiga 533 mln dollar to‘lashini belgilab bergan sud qaroriga qarshi chiqmoqda. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Smartflash kompaniyasi vakillarining ta'kidlashicha, iTunes’da qo‘llanadigan texnologiyalar aslida ular tomonidan patentlangandir. Apple o‘z navbatida barcha texnologiyalar o‘ziga tegishliligini ta'kidlab, jarima to‘lashdan qat'iy bosh tortmoqda.

Top