09:37 / 09.07.2015
8726

AQSh Harbiy-havo kuchlari vaziri Rossiyani AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy xavf deb atadi

AQSh Harbiy-havo kuchlari vaziri Debora Jyeyms Rossiyani AQSh milliy xavfsizligiga tahdid soluvchi asosiy xavf deb atadi hamda Yevropada AQSh harbiy joylashuvini oshirishga chaqirdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi xabar bermoqda.

“Men Rossiyani asosiy xavf deb hisoblayman. Hozir Rossiyaning harakatlari ortida hech qanaqasiga kuchlarning yetishmasligi haqida tasavvur paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak”, deb aytmoqda Jyeyms.

Jyeyms NATOga a'zo 28ta davlatdan bor-yo‘g‘i 4tasi mudofaa maqsadlariga YaIMning 2 foizini sarflashdan iborat maqsadga erishganlaridan afsusdaligini aytdi.

Top