18:46 / 09.07.2015
2875

Blatter FIFA kongressi qolishini so‘rasa ham baribir ketishini aytdi

FIFA prezidenti Yozef Blatter tashkilot kongressi undan qolishni so‘rasa ham baribir lavozimidan ketishini aytib o‘tdi.

“Men saylovlardan keyin o‘z lavozimimdan ketaman. Garchi FIFA kongressi mendan qolishimni so‘rasa ham. Baribir iste'foga chiqaman”, - deydi Blatter.

Eslatib o‘tamiz, FIFA prezidentligiga yangi saylovlar shu yilning dekabr oyida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Top