17:56 / 09.07.2015
4889

BRIKS sammitining yakuniy deklaratsiyasi tasdiqlandi

BRIKSga a'zo davlatlar yetakchilari sammit yakunlariga ko‘ra Ufa deklaratsiyasini qabul qildilar. Uni va bir qator boshqa rasmiy hujjatlarni imzolash marosimi davlatlar rahbarlarining ishchi yig‘ilishi chog‘ida bo‘lib o‘tdi.

Deklaratsiyada jahondagi siyosiy va iqtisodiy vaziyatga umumiy baho berilgan, BRIKS davlatlarining ko‘p tomonlama hamkorlikka bo‘lgan pozitsiyalari aks ettirilgan.
Shuningdek, Rossiya, Braziliya, Xitoy, Hindiston va JAR rahbarlari harakat rejasini qabul qildilar. U tashkilotning bir yillik faoliyatini belgilab beradi.

Top