18:09 / 09.07.2015
2959

Buyuk Britaniya qirolichasi o‘z yubileyiga 10 ming kishini taklif qildi

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 90ga to‘lishi munosabati bilan uyushtiradigan izdahomga 10 ming kishini taklif qildi. Shu tariqa, bu Birlashgan Qirollikda yozilgan eng katta dasturxon bo‘ladi, deb yozadi The Times gazetasi.
Tadbir keyingi yilning iyunida o‘tkazilishiga qaramay, tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi. Qirolicha 21 aprel kuni tug‘ilgan, ammo rasman uning tug‘ilgan kuni iyunning birinchi, ikkinchi va uchinchi shanbasida nishonlanadi.
Birinchi shanbada tug‘ilgan kun oila davrasida nishonlansa, ikkinchi shanba kuni u umumdavlat miqyosiga ko‘chadi.
Rejaga binoan, stollar Mell ko‘chasi bo‘ylab 1 km masofaga terib chiqiladi. Tashkiliy ishlarga qirolichaning katta nabirasi Fillipsga tegishli Sports & Entertainment Ltd (SEL) kompaniyasi rahbarlik qiladi.

Top