10:12 / 09.07.2015
6731

Deyan Jurjyevich Samvel Babayanga yordamchi xorijlik murabbiy sifatida ishlaydi

O‘zbekiston milliy terma jamoasida xorijlik murabbiy ish boshlashi kutilmoqda.

Xabar qilinishicha, Samvel Babayanga serbiyalik mutaxassis Deyan Jurjyevich yordamchi sifatida olib kelinadi. 2012 yilda “Paxtakor”da bosh murabbiy bo‘lgan mutaxassis ayni vaqtda Toshkentga yetib kelgan. U bilan muzokaralar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2012 yil mavsumida Jurjyevich tayyorlagan jamoa yakunda chempion bo‘lgandi. Jurjyevichning so‘nggi ish joyi Belgradning OFK klubi bo‘lib turibdi.

Top