14:05 / 09.07.2015
2395

FIFAning sobiq a'zosi Chak Bleyzer futbol faoliyatidan chetlashtirildi

FIFA ijroiya qo‘mitasining sobiq a'zosi, Shimoliy va Markaziy Amerika hamda Karib havzasi davlatlari futbol konfederatsiyasi (KONKAKAF) sobiq bosh kotibi, amerikalik mutaxassis Chak Bleyzer futbol faoliyatidan umrbodga chetlashtirildi. Tashkilot xabarnomasida aytilishicha, bu qaror FIFA axloq-odob qo‘mitasi tomonidan qabul qilingan.
Bleyzer milliy va xalqaro darajada futbol faoliyati bilan shug‘ullana olmaydi.
Qo‘mita Bleyzerning ko‘p bora mansabini suiiste'mol qilganini aniqladi. Jumladan, KONKAKAFda ham, FIFAda ham u pora va norasmiy to‘lovlar bilan bog‘liq tizimlarni yaratishda markaziy o‘rin tutgan.
Diskvalifikatsiya 2015 yilning 9 iyulidan kuchga kiradi. Bleyzer 2013 yil mayida faoliyatdan vaqtinchalik chetlashtirilgan edi.

Top