09:44 / 09.07.2015
3437

Ford pikapi 925 ming dollarga “g‘ildiraklardagi uy”ga aylantirildi

Pikap va yo‘ntanlamaslardan g‘ildiraklardagi avtonom uylar yaratish bilan shug‘ullanuvchi AQShning EarthRoamer atelesi XV-HD deb nomlanuvchi yangi modelni taqdim qildi. Ushbu model ikkita kabinali Ford F-650 pikapi negizida yaratilgan bo‘lib, 920 ming dollarga baholandi.

Yangi “g‘ildiraklardagi uy”ning uzunligi 10,6 m, eni 2,59 m, balandligi 3,96 metrni tashkil qiladi. XV-HD turar joy hududi o‘lchami ma'lum qilinmagan. Furgonda 8 kishi joylasha oladi, yotoq joylari 6 kishiga mo‘ljallangan.

Avtomobilning turar joy hududi oshxona, muzlatgich, konditsioner va issiqlik ta'minoti, suv uchun idishlar va suv isitgich bilan jihozlangan. Mijoz qo‘shimcha haq uchun kir yuvish mashinasi va quritgichga buyurtma berishi mumkin.

Furgonning elektr tizimi ta'minotni quyoshdan quvvatlanishi mumkin bo‘lgan akkumulyatorlar majmuasidan oladi. Bundan tashqari, furgon armiyaga mo‘ljallangan yo‘ltanlamas avtomobillarga xos 117 sm.li g‘ildiraklar bilan ta'mirlangan.

XV-HD kapoti ostida 330 ot kuchiga ega PowerStroke oilasining 6.7 dizel motori joylashtirilgan. Dvigatel 6 pog‘onali TorqShift avtomatik uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.

Model 2015 yilning oxiridan boshlab ishlab chiqariladi.

Top