17:48 / 09.07.2015
2422

Hindiston bosh vaziri BRIKSga o‘z kinofestivali va futbol bo‘yicha chempionatini tashkil etishni taklif qildi

Hindiston bosh vaziri Narendra Modi BRIKS davlatlari doirasida futbol bo‘yicha maxsus chempionat hamda kinofestival tashkil etish taklifi bilan chiqdi.
“BRIKSning ayrim davlatlari sport sohasida ajoyib natijalarga ega. Biz BRIKS sport musobaqalarini tashkil qilish mumkin deb o‘ylaymiz. Balki, keyingi yildan futbol o‘yinlarini tashkil qilarmiz. Axir futbol barcha davlatlarda mashhur”, – dedi u Ufadaga BRIKS yetakchilari uchrashuvidagi chiqishida.
Shuningdek, u kino festivalini tashkil qilish tashabbusi bilan chiqdi: “Biz kino mukofotlarini ta'sis qilishimiz, kinematograf sohasida o‘z formatimizni targ‘ib qilishimiz mumkin, negaki kino san'atning juda muhim sohasi bo‘lib, bir-birimizni yaxshiroq tanishimizga imkoniyat beradi”.

Top