12:51 / 09.07.2015
3744

"Lyanxua" tayfuni Janubiy Xitoyga yetib keldi

"Lyanxua" tayfuni Xitoy janubidagi Gandun provinsiyasi qirg‘oqlariga kelib urilgan. Bu haqda Sinxua agentligi xabar bermoqda.

Tayfun asosan Shanvey okrugiga jiddiy zarar yetkazishi mumkin. Meteorologlarning ma'lum qilishicha, tayfun soniyasiga 35 metr tezlik bilan harakatlanmoqda.

Gandunda ayni vaqtda poyezdlar qatnovi to‘xtatilgan hamda maktablar yopilgan. Dengizga baliq ovlovchi kemalar chiqishi man qilingan.

Top