14:35 / 09.07.2015
17932

Nestlé® Sutim suti. Tushunarsiz so‘zlar ortida nimalar yashirin?

Pasterizatsiya sterilizatsiyadan nimasi bilan farq qiladi? O‘z navbatida, bu ikki tushunchaning ultra yuqori haroratda ishlov berish va gomogenizatsiyadan farqi nimada? Oddiy iste'molchi dabdurustdan bu savollarga javob berishi qiyin. Chunki bu notanish so‘zlar, barcha noma'lum narsalar kabi kishini xavotirga solishi tayin. Ayniqsa, «bilag‘on» odamlarning «Hozirgi sutlarning mazasi yo‘q...», degan xo‘rsinishlaridan keyin... Keling, bolaligimizdan har birimizga tanish bo‘lgan ushbu mahsulotni tayyorlashdagi «...zatsiyalar» va ishlov berishlar ortida nimalar turganiga aniqlik kiritaylik.
Avvalo, sutni sterilizatsiya qilish jarayoniga to‘xtalamiz. Nestlé Uzbekistan zavodida bu jarayon qo‘llanilmaydi. Sterilizatsiya, bu — sutga 100 daraja haroratda , yigirma daqiqadan ko‘proq vaqt davomida ishlov berish jarayoni bo‘lib, bunda sutdagi barcha bakteriyalar — ham zararlisi, ham foydalisi nobud bo‘ladi. Lo‘nda qilib aytadigan bo‘lsak, sutdan faqat uni eslatuvchi oq rangli suyuqlikgina qoladi. Uni achitib bo‘lmaydi, biologik qiymati ham yo‘q, faqat och qolmaslik uchun yaroqli, xolos.

Pasterizatsiya esa boshqa gap. Buni kimyogar Lui Paster o‘ylab topgan bӯlib, bir paytning o‘zida ham infeksiyalarni zararsizlantirish, ham sutning barcha foydali xususiyatlarini saqlab qolish bo‘yicha ajoyib yechim bo‘lib chiqdi.


Nestlé Uzbekistan zavodida sut dastavval pasterizatsiya qilish jarayonidan o‘tadi, ya'ni qaynash nuqtasida — Tselsiy bo‘yicha +95 daraja atrofida 20 soniya davomida qizdiriladi. Bunda issiqlikka chidamli sut kislotasini hosil qiluvchi bakteriyalardan tashqari, kasallik tug‘diruvchi barcha organizmlar va sporalar nobud bo‘ladi. Kasallik tug‘diruvchi bakteriyalarning sporalari nima? Bu hadeganda nobud bo‘lavermaydigan sutda yashovchi organizmlardir. Ular mustahkam kapsulalarda yashaydi, shu boic qaynash jarayonida o‘lmaydi. Bunday sutni uzoq vaqt saqlab bo‘lmaydi, ertami, kechmi sporalar to‘laqonli bakteriyalarga aylanadi va o‘zi haqida «eslatib» qo‘yadi. Odatda, ular eng chidamli, eng xavfli bakteriyalardir. Bunday sutni qancha kam saqlasangiz, shuncha yaxshi. Buning ustiga uni faqat past haroratda saqlash zarur. Zavod sharoitlarida sut pasterizatsiya qilinishidan oldin u maxsus filtrlar orqali bir necha tozalash bosqichlaridan o‘tadi. Filtrlarda kir zarralarining kattagina qatlami qoladi. Keyin sut separatsiya qilish va normallashtirish jarayoniga yuboriladi.

Sutni separatsiya qilish va normallashtirish jarayoni.

Sutga turli yog‘lilik darajasini berishdan avval Nestlé Uzbekistan zavodida u separatsiyalanadi, ya'ni qaymoq va yog‘sizlantirilgan sutga ajratiladi. Keyin sut yog‘i bo‘yicha normallashtiriladi. Natijada, xaridorlarga manzur turli yog‘lilik darajasidagi sut hosil bo‘ladi: 1%, 2%, 3,2%, 6%. Normallashtirish jarayonidan keyin sutga ultra yuqori haroratda ishlov beriladi.
Ilgarilari ultra yuqori haroratda ishlov berish o‘ylab topilguniga qadar, pasterizatsiya bir necha marta o‘tkazilgan. So‘ng sut sovutilib, bakteriyalarning kapsulalardan o‘sib chiqishi kutilgan va yana pasterizatsiya qilingan. Hozir bunga hojat yo‘q, chunki sutni to‘liq zararsizlantirish va bir paytning o‘zida vitaminlar, oqsillar hamda minerallarning katta qismini saqlab qolish kabi ajoyib usul paydo bo‘ldi. Aslida, bu oziq-ovqat mahsulotlariga ishlov berish jabhasidagi innovatsion burilish edi. Shuni aytish joizki, faqat yuqori sifatli sutgina ultrapasterizatsiya jarayonidan o‘ta oladi va shuning o‘zi mahsulot sifatining kafolatidir.
Dastavval sut 5 soniya davomida Tselsiy bo‘yicha +137 dan 141 gacha bo‘lgan daraja oralig‘ida qizdiriladi. Ushbu harorat zararli mikrofloradan xalos bo‘lish uchun kifoya, ammo vitaminlar va minerallarning katta qismini yo‘q qilish uchun yetarli emas. Keyin sut tezda sovutiladi. Bu maxsus harorat trubkalarida amalga oshiriladi. Sutga bunday avaylab ishlov berish natijasida undagi foydali moddalarning maksimal qismi, eng asosiysi, suyak uchun zarur bo‘lgan tabiiy kalsiy moddasi saqlanib qoladi. Ishlov berilgan sutni uzoq vaqt saqlash mumkin, u juda yaxshi achiydi va quyuqlashtiruvchi moddalar hamda konservantlarni talab etmaydi.
Sutga ishlov berishning yakuniy bosqichi — gomogenlashtirish. Juda «bema'ni» so‘z. Uning sharofati bilan shaharda ko‘plab uydirmalar va afsonalar paydo bo‘lgan. Aslida, gomogenlashtirish, bu — bor-yo‘g‘i sutni qatlamlarga ajratmasdan, bir jinsliligini saqlash usulidir. Agar oddiy sut sovutgichda saqlansa, tez orada uning yuzasida yog‘ hosil bo‘ladi. Uni suzib olish va bu bilan sutni yog‘sizlantirish mumkin, shu bilan birga uni sutga yaxshilab aralashtirib yuborish ham mumkin.
Sutdagi yog‘ sharchalari gomogenlovchi uskuna yordamida maydaroq zarralarga parchalanadi va butun sut hajmi bo‘ylab bir me'yorda taqsimlanadi. Albatta, vaqt o‘tishi bilan, ya'ni to‘rt-besh oy saqlanganidan keyin yog‘ yana sut yuzasiga to‘planadi, ammo uy sharoitida bu tariqa uzoq vaqt saqlanishini tasavvur qilish qiyin. Bir jinslilikni saqlash uchun ba'zi sut mahsulotlariga qo‘shiladigan sun'iy stabilizatorlardan farqli o‘laroq, ushbu mexanik usul salomatlik uchun mutlaqo xavfsiz hisoblanadi.
Natijada biz kefir, qatiq hamda suzma tayyorlash mumkin bӯlgan, bir jinsli, foydali, mutlaqo xavfsiz Nestlé® Sutim sutini ichamiz.
Buni ko‘plab pazandalik kitoblarining muallifi, o‘zbekistonlik Liliya Nikolenko tajribasi ishonchli tarzda isbotladi. Tajriba Nestlé Uzbekistan (http://www.gurmania.uz/nestle/1421) kompaniyasi bilan hamkorlikda o‘tkazildi. Bu tajribani uy sharoitida ham o‘tkazish hamda sut o‘zining dastlabki foydali xususiyatlarini yo‘qotmaganligi va shu bilan birga xavfli bakteriyalardan xalos bo‘lganiga ishonch hosil qilish mumkin. Buning ustiga u xuddi hozirgina qishloqdan olib kelingandek mazali ekaniga amin bo‘lasiz.

Sut haqida hamma faktlarni bilasizmi?

Unda buni isbotlang va Nestlé® Sutimning sovg‘alariga ega bo‘ling. Tanlov haqida www.potrebiteli.uz saytidan batafsil bilib olishingiz mumkin!
Blits-so‘rov 17 iyul kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha o‘tkaziladi.

Mahsulot sertifikatlangan. Reklama huquqi asosida

Top