11:29 / 09.07.2015
3443

OAV: Milliy basketbol uyushmasida umumiy maoshlarning yuqori chegarasi 70 mln dollar qilib belgilandi

AQSh Milliy basketbol uyushmasida navbatdagi 2015/16 yillardagi mavsumda o‘yinchilarga to‘lanadigan umumiy maoshlarning yuqori chegarasi 70 mln dollarni tashkil qiladi. Bu haqda basketbol ligasining rasmiy saytida xabar berildi.

Klublar 84,7 mln dollardan ortiqroq qiymatda hashamat uchun soliq to‘lay boshlaydilar. O‘tgan mavsumda bunday cheklovlar mos ravishda 63 mln va 76,8 mln dollarni tashkil qilgan edi. Maoshlarning yuqori chegarasining ko‘tarilishi 2016 yilda telekompaniyalar bilan liga uchrashuvlarining translyatsiyasi uchun umumiy qiymati 24 mlrd dollarni tashkil qiladigan yangi shartnomaning kuchga kirishi bilan bog‘liq holda amalga oshirildi.

Maoshlarning yuqori chegarasi jamoaviy kelishuvdagi daromadlarga taalluqli band bo‘lib, unga ko‘ra ligadagi barcha klublar o‘yinchilariga shartnomalar bo‘yicha to‘laydigan umumjamoaviy maoshlarning maksimum qiymati belgilanadi.

Top