18:11 / 09.07.2015
25188

O‘zbekistonda 2014 yilda qiynoqqa solish holati bo‘yicha ko‘rib chiqilgan ishlardan 3 tasi o‘z tasdig‘ini topdi

2014 yilda O‘zbekiston prokuratura organlari tomonidan qiynoqqa solish holatlari bo‘yicha 61 ta murojaat ko‘rib chiqildi.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Fuqarolar huquqlari va erkinliklari, jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i, adliya bosh maslahatchisi Islom Jasimov Jyenevada bo‘lib o‘tgan BMTning inson huquqlari qo‘mitasining navbatdagi sessiyasida aytib o‘tdi.

“Bu holatlardan 3 tasi tasdiqlandi. Aybdorlar o‘z jazosini oldi”, deb ta'kidlab o‘tdi Jasimov.

8 iyul kuni O‘zbekiston hukumat delegatsiyasi Jyenevada BMT ekspertlari oldida Fuqarolik va siyosiy huquqlar haqidagi Xalqaro paktning bajarilishi bo‘yicha hisobot topshirdi.

Top