17:49 / 09.07.2015
6110

O‘zbekistondagi 148ta yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarga GPS tizimi o‘rnatildi

O‘zbekistonda yo‘lovchi tashish tizimini takomillashtirish maqsadida jamoat transportlariga GPS tizimini o‘rnatish ustida ish olib borilmoqda. Bu haqda O‘zA xabar tarqatdi.

O‘zbekiston avtomobil va daryo transport agentligi AKT bo‘limi bosh mutaxassisi Bahrom Egamberdiyevning so‘zlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda avtotransport sohasini keng miqyosida kompyuterlashtirish, yangi interaktiv metodlarini joriy qilish, yuk tashish va yo‘lovchi tashish xizmatlari sifatini oshirish uchun bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Yo‘lovchi tashish tizimini takomillashtirish maqsadida hozirda 148ta yo‘lovchi tashuvchi avtobuslarga GPS tizimi o‘rnatildi. Yaqin kelajakda yana 150ta jamoat transportlariga shunday turdagi qurilmalar o‘rnatilishi rejalashtirilmoqda.

«Bundan tashqari yangi tizim orqali avtovokzallarga o‘rnatilgan kuzatuv kameralari, transport harakatlarini kuzatish ularning sifatli xizmat ko‘rsatishini ta'minlash yagona dispetcherlik markazi tashkil etiladi», deya Egamberdiyevning so‘zlaridan iqtibos keltiradi O‘zA.

Top