11:30 / 09.07.2015
2487

Palette Photoshop uchun muqobil kontrollyor yaratdi

Palette kompaniyasi Adobe Lightroom CC, Photoshop CC, Illustrator va After Effects dasturlarida suratlarni tahrir qilish imkonini beruvchi muqobil kontrollyor yaratdi. Bu haqda The Next Web nashri xabar bermoqda.
Kompaniya vakillarining fikricha, bunday interfeys dizayner ishini qulaylashtiradi, chunki tugmalar va tumblerlar asosida dasturni boshqarish grafik interfeysdan ko‘ra osonroq va tushunarliroqdir. Bundan tashqari, uskuna magnitlar yordamida o‘zaro biriktirilgan modullardan iborat bo‘lib, dizayner uning qismlarini o‘zi bilganicha yig‘ib olishi mumkin.
Yuqoridagilardan tashqari, kontrollyor InDesign va Premier Pro dasturlari uchun ham ishlaydi.
Kontrollyor narxi 199 dollarni tashkil qiladi.

Top