07:37 / 09.07.2015
2799

Poroshenko kuniga 17 soatdan dam olish kunisiz ishlayotganini aytdi

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko amaldorlardan kuniga 17 soatdan dam olish kunisiz ishlashni talab qildi. Bu haqda “112 Ukraina” telekanali xabar bermoqda.

Ukraina prezidenti o‘zi aynan shunday rejimda tinim bilmay ishlayotganini aytdi.

“Sizlarga sir ochayotganim yo‘q, men ishda kuniga 14-17 soatlab, dam olish kunisiz vaqt o‘tkazaman. Men sizlardan ham shunday rejimda ishlashni talab qilishga haqliman. Maslahat qilmayman, talab qilaman, chunki prezident ma'muriyatida 2-3 haftalik ta'tillar berish haqidagi iltimoslar boshlandi. Men ta'tilga arizangizga imzo qo‘yib berishim mumkin, biroq ishga boshqa qaytmasangiz ham bo‘laveradi. Sizlardan buni suiiste'mol qilmasligingizni so‘rayman. Bu sizlarga ishora bo‘lsin, men Mehnat qonunchiligining buzilishini talab qilmayman, biroq hozirda davlatda urush ketmoqda”, deb aytdi Poroshenko.

Top