12:38 / 09.07.2015
3532

Qozog‘iston parlamenti Qirg‘izistonning YeIIga a'zoligi shartnomasini ratifikatsiyadan o‘tkazdi

Kozog‘iston parlamenti senati Qirg‘izistonning Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqiga qo‘shilishi to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi. Hujjat davlat rahbariga imzolash uchun yuborildi.
Milliy iqtisodiyot vaziri Yerbo‘lat Do‘sayevning ma'lum qilishicha, kelishuvga binoan Qirg‘iziston tashkilotga qo‘shilib, yagona iqtisodiy muhitning barcha qonun-qoidalarini qabul qiladi.
“Qirg‘izistonning 2014 yil 29 mayidagi YeII shartnomasiga qo‘shilishi iqtisodiyotning barqaror rivojlanishiga zamin hozirlaydi va aholining turmush darajasini oshirish, bozorni kengaytirish, tashkilot imijini ko‘tarishga xizmat qiladi”, – uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

Top