18:01 / 09.07.2015
16064

Quyichirchiqda odamlarni Qozog‘istonga qullikka yuborgan shaxs 5 yilga qamaldi

Toshkent viloyatining Quyichirchiq tumanida istiqomat qiluvchi Aslbek Abdusattorov qozog‘istonlik Andrey ismli shaxs bilan til biriktirib, unga Kizana qishlog‘ida yashovchi bir qancha odamlarni “qul” sifatida yetkazib berdi. Tabiiyki, ularning o‘zi bundan bexabar bo‘lib, ishlashga ketayotganlarini, oyiga 250 dollar olishlarini taxmin qilishgan edi.
“Huquq” gazetasida yozilishicha, yigitlar olti oy mobaynida Andreyning qo‘li ostida ishlagadilar, ammo undan hech qanday pul ololmadilar. Yigitlarning bir nechtasi qochib, o‘z qishloqlariga qaytib kelishga muvaffaq bo‘ldilar va Aslbek ustidan tegishli idoralarga arz qildilar.
Buning natijasida Abdusattorov 5 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

Top