10:24 / 09.07.2015
7157

Shukur Xolmirzayevning yo‘qolgan deb hisoblanib kelgan qissasining to‘liq nusxasi topildi

Taniqli o‘zbek yozuvchisi Shukur Xolmirzayev qalamiga mansub “Ot yili” qissasining shu paytgacha yo‘qolgan deb hisoblab kelingan qismlari topildi. Bu haqda O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Xurshid Davron Feysbukdagi sahifasi orqali ma'lum qildi.

Bundan uch yarim yil muqaddam bergan intervyusida Xolmirzayev “Guliston” jurnalida chop etila boshlangan qissaning oxirgi 25 varag‘i yo‘qolganini, boshqatdan yozishga esa ikkilanib turganini ma'lum qilgan edi.

Ma'lum bo‘lishicha, denovlik Iskandar Xalilov qissaning to‘liq nusxasini shu paytgacha asrab-avaylab kelgan.
“Yozuvchining o‘zi yo‘qolgan deb o‘ylagan «Ot yili» qissasining to‘liq nusxasi topildi. Ushbu asar nusxasi «Xurshid Davron kutubxonasi» saytiga yozuvchining ona yurti — Surxondaryodan, aniqrog‘i Denovdan yetib keldi. Asarni shu paytgacha asrab-avaylab yurgan inson — Iskandar Xalilov (Muzaffarzoda)ga va uni bizga yetkazishda katta ko‘mak bergan Sirojiddin Ibrohimga rahmatlar aytamiz”, – deb yozadi Xurshid Davron o‘z xabarida.

“Yaqin kunlarda saytimiz sahifalarida qissani bobma-bob e'lon qilina boshlaymiz”, – qo‘shimcha qildi adib.

Top