12:29 / 09.07.2015
17591

Tojikiston oliy sudi payg‘ambarlikni da'vo qilgan shaxsni 16 yil qamoqqa hukm qildi

Tojikistonda o‘zini "so‘nggi payg‘ambar" deb e'lon qilgan Saidmahdixon Sattorov ko‘pxotinlilik, firibgarlik va tovlamachilikda ayblanib, sud qilindi.

"Interfaks" nashri xabariga ko‘ra, Tojikiston oliy sudi Sattorovni Qonunning "Marhumlarga hurmatsizlik uchun" (243 modda), "Yerlarni ruxsatsiz o‘zlashtirish" (338 modda), "Tovlamachilik" (250 modda) va "Ko‘pxotinlilik" (170 modda) bandlari bo‘yicha aybdor deb topdi.

Ma'lum bo‘lishicha, u 3 yil davomida Tursunzoda tumanida o‘zini payg‘ambar sifatida e'lon qilib, mahalliy aholi orasidan o‘ziga itoatkorlar guruhini shakllantirgan.

Top