17:09 / 09.07.2015
10134

Toshkentda qizni fohishalikka olib ketayotgan qo‘qonlik ayollar qo‘lga olindi

Toshkentda bir qizni fohishalik qilish uchun Turkiyaga olib ketayotgan ayollar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.
Aytilishicha, beshariqlik Durdona Mirzayeva ish topish maqsadida dugonasi Maftunaga murojaat qilgan. U o‘z navbatida Durdonani “opaxoni” Jamila Rahmatova bilan tanishtirib qo‘ygan.

Rahmatova yosh qizni Turkiyaga olib borib, kiyim-kechak do‘konida ishlatishini va yaxshi maosh to‘lashini aytgan. Durdona ayasi Shirmonoyni ko‘ndirib, Jamila Rahmatova bilan yo‘lga tushib ketgan.

Ko‘ngli xavotir bo‘lgan Shirmonoy Durdonaning dugonasi Maftuna bilan ochiqchasiga gaplashib olganida, qiz Rahmatovaning qizlarni chet elga olib chiqib sotishini tan olgan. Shirmonoy tezda tegishli tashkilotlarga murojaat qilgan.
Natijada Jamila Rahmatova va uning sherigi Gulzoda Qodirova Durdona Mirzayevani Qozog‘istonga, undan Qirg‘izistonning Bishkek aeroporti orqali Turkiyaning Istanbul shahriga jo‘natish uchun olib ketishayotganida Toshkentda qo‘lga olingan.

Top