16:29 / 09.07.2015
8255

Xorazmda qurilish ishlarida davlat pullarini o‘zlashtirib yuborgan korxona rahbari qamaldi

Shovot tumanidagi “Qurilish servis” korxonasiga rahbarlik qilib kelayotgan Ernazar Mamadov ko‘p miqdorda davlat pullarini o‘zlashtirishda ayblanib, qamoqqa olindi. Bu haqda “Huquq” gazetasi xabar bermoqda.
2011 yilda “Asakabank”ning Xorazm filialiga 4-5 qavatli turarjoy qurilishini moliyalashtirish vazifasi yuklandi. Mamadov rahbarligidagi kompaniya esa bosh pudratchi etib tayinlandi.
2011 yil iyundan 2013 yil may oyi oxiriga qadar 77-uyda 4-5 qavatli turarjoy qurilishi uchun jami 13.5 mlr so‘mlik oltita qo‘shimcha shartnoma tuzildi. Aslida Mamadov 9.5 mlrd so‘mlik qurilish ishlarini bajarib, tegishli hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan buyurtmachilardan 10.962 mlrd so‘m oldi. Shu tariqa u 1.424 mlrd so‘m pulni o‘zlashtirdi.
Sud tomonidan korxona rahbariga tegishli jazo tayinlandi.

Top