11:40 / 10.07.2015
7349

“Sotqin” ijodkori endi “Baron” ustida ishlamoqda

Toshkentda ishchi nomi “Baron” bo‘lgan yangi kartinani suratga olish jarayoni ketmoqda. Ma'lum qilinishicha, ushbu filmda giyohvandlik masalasi ko‘tariladi.
MyDay.uz resursining xabar qilishicha, film rejissyori yaqinda “Sotqin” filmini suratga olgan Rustam Sa'diyevdir. Aktyorlar tarkibini o‘zbekistonlik Javohir Zokirov, Ulug‘bek Qodirov, Behzod Hamroyev, Dilnoza Kubayeva, rossiyalik Andrey Smolyakov, Pavel Priluchniy, Viktor Verjbitskiy, Farhod Mahmudovlar tashkil qiladi.
Suratga olish jarayonlari yaqinda boshlangani bois syujyet haqida hech qanday ma'lumot berilmayapti. Faqatgina uning jangari sahnalarga boy o‘tkir syujyetli ekshn bo‘lishi aytilmoqda.
Suratga olish jarayonining bir qismi Rossiya va Turkiyada o‘tkaziladi.

Top