14:43 / 10.07.2015
4095

Babayan hakamni haqorat qilgani uchun O‘zPFL tomonidan jazolandi

10 iyul kuni PFL tartib intizom qo‘mitasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Std.uz nashrining xabar berishicha, O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Samvel Babayan "Paxtakor" jamoasining "Qo‘qon-1912"ga qarshi o‘yinida hakamni haqorat qilgani uchun ogohlantirilgan va jarimaga tortilgan.

Undan tashqari shunga o‘xshash holatlar uchun boshqa mutaxassis va futbolchilar ham jazolangan.

1) «Dinamo» yarim himoyachisi Nikolay Chipev «Nasaf»ga qarshi o‘yinda qizil kartochka olgani va qanot hakamini haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi.

2) «Neftchi» klubi raisi Toxir Kopadze «Qizilqum»ga qarshi o‘yin so‘nggida nomaqbul harakat qilgani uchun 2ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi, ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

3) «Neftchi» yarim himoyachisi Mansur Saidov «Qizilqum»ga qarshi o‘yinda zaxira o‘rindig‘idan yordamchi hakamni haqorat qilgani uchun 3ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi va jarimaga tortildi..

4) «Paxtakor» bosh murabbiyi Samvel Babayan «Qo‘qon-1912»ga qarshi o‘yin so‘nggida bosh hakamni haqorat qilgani uchun ogohlantirildi va jarimaga tortildi.

Top