12:20 / 10.07.2015
3234

Bir kishi tomonidan yaratilgan va yuritilgan ViralNova sayti 100 mln dollarga sotildi

Dasturchi Skott DeLong tomonidan yaratilgan ViralNova internet resursi 100 mln dollarga sotildi. Bu haqda venturabeat.com xabar berdi.

DeLong ViralNova saytini Zealot Networks mediakompaniyasiga 100 mln dollarga pullagan. To‘lov naqd va Zealot Networks aksiyalari orqali amalga oshiriladi. Bu mablag‘larni DeLong o‘z loyihasi bosh direktori bo‘lgan Shon Bekker bilan bo‘lishib oladi.

Bekkerning ma'lum qilishicha, biroz oldinroq saytni 35 mln dollar evaziga sotib yuborishlari ham mumkin bo‘lgan.

Ma'lumot uchun, bu sayt ijtimoiy tarmoqlardagi eng mashhur yangiliklarni chop etib boradi. Bu sayt hech qanday ishchi yollamagani holda shunday foyda ko‘rishga erishdi.

Top