15:42 / 10.07.2015
15378

Karimov Xitoyning ShHT haqidagi multfilmi qahramoniga aylandi

O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov Xitoyda ShHT haqida ishlangan multiplikatsion film qahramoniga aylandi.
“Fusin ko‘chasidagi ishchi studiya” tomonidan ishlangan kartina internetda 1 mln kishi tomonidan ko‘rildi.
“Si Tszinpin bilan birga ShHT va BRIKS sammitlariga boramiz” nomli animatsion rolik qahramonlari Shanxay hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlari bo‘ldi.
Videoda futbol o‘ynayotgan rahbarlar ko‘rsatilgan. U yerda O‘zbekiston rahbari himoyachi, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikiston rahbari yarim himoyachi, Rossiya prezidenti va XXR raisi hujumchi sifatida ko‘rsatilgan.
Bundan tashqari, davlat rahbarlari bitta velosipedda uchishi, attraksionlarda va bolalar mashinalarida uchishi ko‘rsatilgan.

Top