17:36 / 10.07.2015
1915

Kasilyas "Real" berishi kerak bo‘lgan tovon pulidan voz kechib, "Portu"ga o‘tishini tezlashtirdi

"Real" jamoasi darvozaboni Iker Kasilyas jamoa rahbariyati bilan o‘zining "Portu"ga o‘tishi masalasi bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Onda Cero nashrida yozilishicha, Kasilyas jamoa to‘lashi kerak bo‘lgan tovon pulining bir qismidan voz kechish evaziga o‘z transferi tezlatilishiga erishgan.

Ma'lumot uchun, Kasilyasning "Qirollik klubi" bilan shartnomasi 2017 yilning yoziga qadar tuzilgandi va u jamoada qolsa, bu muddat ichida 25 mln yevro maosh olishi kerak edi.

Endilikda, 11 iyul kuni Iker Kasilyas madridlik muxlislar bilan xayrlashuv o‘rnida matbuot anjumani o‘tkazadi va "Portu" bilan shartnoma tuzish uchun jo‘nab ketadi.

Biroz oldinroq, uning transferi "Real" va "Portu" jamoalari moliyaviy shartlar borasida kelisha olmayotgani tufayli amalga oshmay qolishi mumkinligi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Top